19-modda. Davlat mulkining obyektlari
Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilik toʻgʻrisida (152-XII-son) · Sana: 31.10.1990 · Amalda
1. Oʻzbekiston Respublikasining mutlaqo mulkiga:
yer ( qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, tartibda va shartlarda mulk qilib berilgan yerlardan tashqari), yer osti boyliklari, ichki suvlar, respublika hududi doirasidagi havo havzasi, oʻsimlik va hayvonot dunyosi;
Oʻzbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining mol-mulki;
jumhuriyat xalqlarining madaniyat va tarixiy boyliklari;
jumhuriyat budjetining mablagʻlari, jumhuriyat va davlat ahamiyatidagi banklar, sugʻurta, rezerv fondlari va boshqa davlat fondlari;
davlat ahamiyatiga molik korxonalar, davlat oliy taʼlim tashkilotlari, ijtimoiy-madaniy soha obyektlari hamda davlatning respublika istiqlolini va iqtisodiy mustaqilligini taʼminlovchi boshqa mol-mulklari kiradi.
2. Davlat talab-ehtiyojlarini taʼminlash uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi tomonidan yer maydonlari hamda boshqa tabiiy zaxiralar va obyektlarni berish tartibi Qoraqalpogʻiston Respublikasi bilan Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasidagi shartnomada belgilab qoʻyiladi.
