351-modda. Ommaviy axborot vositasining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati toʻgʻrisida axborot olishga doir soʻrovi
“Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-78-son) · Sana: 15.01.2007 · Amalda
Ommaviy axborot vositasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati toʻgʻrisida axborot olishga doir soʻrov bilan ularga ogʻzaki yoki yozma shaklda (shu jumladan elektron hujjat shaklida) murojaat etish huquqiga ega.
Ommaviy axborot vositasining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati toʻgʻrisida axborot olishga doir, shuningdek mansabdor shaxslarning intervyusini tashkil etish toʻgʻrisidagi soʻrovi koʻpi bilan yetti kun muddatda koʻrib chiqiladi.
Agar ommaviy axborot vositasining soʻrovini koʻrib chiqish davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining vakolatlari jumlasiga kirmasa, soʻrov soʻralayotgan axborotni taqdim etish oʻzining vakolatiga kiritilgan organga roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida yuboriladi, ommaviy axborot vositasi esa bu haqda xabardor qilinadi.
Soʻrov rad etilgan taqdirda, ommaviy axborot vositasiga asoslantirilgan javob yuboriladi.
