14-modda.
Oʻzbekiston Respublikasining davlat tili toʻgʻrisida (3561-XI-son) · Sana: 21.10.1989 · Kuchini yo'qotgan
Oʻzbekiston Respublikasining hunar-texnika bilim yurtlarida, oʻrta maxsus va oliy oʻquv yurtlarida, ular qaysi mahkama ixtiyorida boʻlishidan qatʼi nazar, respublika davlat tilida, shuningdek, rus tilida, sharoitlar mavjud boʻlgan joylarda boshqa tillarda ham mutaxassislar tayyorlash taʼminlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasida davlat tilida, shuningdek, millatlararo muomala tili va respublikada qoʻllanilayotgan boshqa tillarda ham mutaxassislar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash taʼminlanadi.
