13-modda.
Oʻzbekiston Respublikasining davlat tili toʻgʻrisida (3561-XI-son) · Sana: 21.10.1989 · Kuchini yo'qotgan
Oʻzbekiston Respublikasida yashovchi grajdanlarga oʻqishda tilni erkin tanlash huquqi beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi oʻz xududida respublika davlat tilida, shuningdek rus, qoraqalpoq, tojik, qozoq, qirgʻiz, turkman tillarida hamda respublikada zich yashaydigan boshqa millatlarning tillarida umumiy oʻrta maʼlumot olishni taʼminlaydi.
Oʻzbekiston Respublikasida, mavjudlari bilan bir qatorda, oʻzbek tilida, milliy guruhlar zich yashaydigan joylarda esa ularning tilida maktabgacha yoshdagi bolalar muassasalarini ochish taʼminlanadi.
