21-modda. Xoʻjalik shartnomalarini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida (670-I-son) · Sana: 29.08.1998 · Amalda
Xoʻjalik shartnomalari ularni imzolashga tayyorlash jarayonida xoʻjalik yurituvchi subyektlarning yuridik xizmati yoki jalb etilgan advokatlar tomonidan qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan tekshirib koʻrilishi kerak. Shartnomalarni ularning imzolarisiz tuzishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Taraflar xoʻjalik shartnomalarini tuzish uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlar yuridik xizmatining yoki jalb etilgan advokatlarning yozma xulosasini olishga haqli.
Xulosada, qoida tariqasida quyidagilar koʻrsatiladi:
xoʻjalik shartnomasida koʻrsatilgan munosabatlar qaysi qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinishi;
xoʻjalik shartnomasi shartlarining qonunchilik talablariga mos kelish-kelmasligi;
taraflarning javobgarligi meʼyori va nizolarni hal etish tartibi qonunchilik talablariga mos kelish-kelmasligi.
