14-modda. Taftish komissiyasi
Davlat-aksiyadorlik mashina-traktor parkining (324-son) · Sana: 08.04.1997 · Amalda
14.1. Jamiyatning moliya xoʻjalik, faoliyati ustidan nazoratni umumiy yigʻilishda aksiyadorlar tarkibidan bir yilga saylab qoʻyiladigan taftish komissiyasi amalga oshiradi. Taftish komissiyasining aʼzolari aksiyadorlardan saylanadi va jamiyat Boshqaruvi tarkibiga kirishlari mumkin emas. Jamiyat Boshqaruvi yigʻilishlarida taftish komissiyasining aʼzolari maslahat ovozi bilan ishtirok etishlari mumkin.
14.2. Jamiyat oʻzining moliyaviy xoʻjalik faoliyati ustidan bir yilda kamida bir marta taftish qilishi shart. Taftish komissiyasi ichki auditni olib boradi. Yillik axborot va moliyaviy hisobotni tekshirish va maʼqullash uchun jamiyat oʻz hisobidan maxsus auditorlarni jalb qilgan xolda nazoratni (tashqi auditni) tashkil etishi mumkin.
14.3. Taftish komissiyasi jamiyat moliya xoʻjalik faoliyatini umumiy yigʻilish topshiriqlariga koʻra oʻz tashabbusi bilan yoki jamiyki qoʻshganda ovozlarning 10 (oʻn) foizdan ortiqrogʻiga ega boʻlgan aksiyadorlar talabi bilan tekshirishi mumkin.
14.4. Taftish komissiyasi oʻzi oʻtkazgan tekshiruv natijalari toʻgʻrisida umumiy yigʻilishga maʼlumot beradi. Yillik hisobot va balans xulosasini taftish komissiyasi tuzadi. Taftish komissiyasining xulosasisiz aksiyadorlar umumiy yigʻilishi jamiyatning yillik balansini tasdiqlashga haqli emas.
14.5. Agarda jamiyat manfaatlariga ham tugʻilganda yoki jamiyat mansabdor shaxslari tomonidan suisteʼmollik aniqlaganda, taftish komissiyasi navbatdan tashqari aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini chaqirish talabiga haqlidir.
