13-modda. Jamiyatni boshqaruvi
Davlat-aksiyadorlik mashina-traktor parkining (324-son) · Sana: 08.04.1997 · Amalda
13.1. Umumiy yigʻilishlar orasidagi davrda jamiyatning oliy ijroiya idora rahbarligini olib borish uchun Jamiyat Boshqaruvi saylanadi. Jamiyat Boshqaruvi aʼzolarining miqdori umumiy yigʻilish tomonidan belgilanadi.
13.2. Jamiyatning boshqaruvchisi bir vaqtning oʻzida jamiyat Boshqaruvining raisi ham hisoblanadi. Jamiyatning boshqaruvchisi “Oʻzqishloqxoʻjtaʼminottuzatish” Davlat kooperativ qoʻmitasi tomonidan belgilangan tartibda tayinlanadi va vazifasidan ozod qilinadi.
13.3. Jamiyat Boshqaruv raisi mazkur Ustav va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga asoslangan holda quyidagi vakolatlarni amalga oshiradi:
aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi oraligʻida jamiyatga rahbarlikni amalga oshiradi va jamiyatni boshqarish masalalari yuzasidan tegishli qarorlar qabul qiladi;
umumiy yigʻilish va kuzatuv kengash qarorlarini oʻz buyruqlari orqali ijro etadi va amalga oshiradi;
jamiyatning ishlab chiqarish moliyaviy taʼminot va boshqa faoliyatlariga rahbarlik qiladi;
jamiyatning umumiy yigʻilishi qarorlari bilan belgilangan tartibda jamiyat mulkiga, moddiy vositalarga va pul mablagʻlariga egalik qiladi;
jamiyat oldida turgan vazifalardan kelib chiqqan holda bank muassasalarida hisob-kitob varaqlari ochadi va ulardagi mablagʻlarni tasarruf etadi, cheklarga, toʻlov topshiriqnomalariga imzo chekadi, banklardan kreditlar oladi va qonun hujjatlari bilan koʻzda tutilgan boshqa ishlarni amalga oshiradi;
jamiyat zimmasidagi vazifalarning bajarilishini taʼminlovchi shartnomalar tuzadi;
oʻz vakolati doirasida Jamiyat xodimlarini lavozimlarga tayinlaydi va vazifasidan ozod etadi, buyruqlar chiqaradi:
davlat, sud organlarida va boshqa tashkilotlarda ishonchnomasiz Jamiyat nomidan ish koʻradi.
13.4. Aksiyadorlar jamiyatining Boshqaruvi jamiyat ishini uyushtiradi, hamda umumiy yigʻilishga oʻz faoliyatining yakunlari toʻgʻrisida yillik hisobot taqdim etadi.
13.5. Jamiyat Boshqaruvi umumiy yigʻilish mutloq vakolatiga kiradigan masalalardan boshqa jamiyat faoliyatiga doir barcha masalalarni hal etadi. Jamiyat Boshqaruvi aksiyadorlar umumiy yigʻilishiga hisobot beradi va uning qarorlari ijrosini taʼminlaydi.
