6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qonunlar loyihalarini tayyorlash borasidagi faoliyati
Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida (O‘RQ-60-son) · Sana: 11.10.2006 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
1) oʻz tashabbusi bilan yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining topshirigʻiga binoan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qoʻmitalarining takliflari va tavsiyalari asosida qonunlar loyihalarini ishlab chiqadi hamda Qonunchilik palatasiga koʻrib chiqish uchun kiritadi;
2) respublika ijro etuvchi hokimiyat organlariga va xoʻjalik boshqaruvi organlariga qonunlar loyihalarini tayyorlash toʻgʻrisida topshiriqlar beradi, qonunlar loyihalarini tayyorlash ishini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi;
3) qonunlar loyihalarini davlat organlariga, nodavlat tashkilotlarga va ilmiy muassasalarga taqriz uchun yuboradi;
4) respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining amaldagi qonunchilikning qoʻllanilish amaliyoti hamda ularning samaradorligini oʻrganish natijalari toʻgʻrisidagi axborotlarini eshitadi;
5) qonunlar loyihalarini tayyorlash borasida boshqa faoliyatni amalga oshiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili qonun loyihalarini tayyorlashda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyati tarkibiy boʻlinmalarining, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining yaqin hamkorligini taʼminlaydi, qonun ijodkorligi faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari bilan hamkorligini tashkil etadi.
