5-modda. Qonunchilik tashabbusi huquqi subyektining vakili
Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida (O‘RQ-60-son) · Sana: 11.10.2006 · Amalda
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Qonunchilik palatasida oʻzi kiritgan qonun loyihasi koʻrib chiqilayotganda ishtirok etish uchun, shu jumladan qonun loyihasini Qonunchilik palatasi majlisida birinchi oʻqishda koʻrib chiqish chogʻida, qoida tariqasida, maʼruza bilan soʻzga chiqish uchun oʻz vakilini tayinlaydi. Qonunchilik tashabbusi huquqining boshqa subyektlari ham (Qonunchilik palatasi deputatlaridan tashqari) qonun loyihasi Qonunchilik palatasida koʻrib chiqilayotganda ishtirok etish, shu jumladan qonun loyihasini Qonunchilik palatasi majlisida birinchi oʻqishda koʻrib chiqish chogʻida, qoida tariqasida, maʼruza bilan soʻzga chiqish uchun oʻz vakilini tayinlashi mumkin.
