“291-modda. Banklarning moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korxonalar bank hisobvaraqlari boʻyicha axborot taqdim etish majbur — Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda ularning moliyaviy javobgarligi erkinlashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-59-son)
“291-modda. Banklarning moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korxonalar bank hisobvaraqlari boʻyicha axborot taqdim etish majburiyati
Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda ularning moliyaviy javobgarligi erkinlashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-59-son) · Sana: 10.10.2006 · Amalda
Korxonalar olti oy mobaynida (savdo va savdo-vositachilik korxonalari esa uch oy mobaynida) bank hisobvaraqlari boʻyicha pul operatsiyalarini oʻtkazish bilan bogʻliq moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmagan hollarda, dehqon va fermer xoʻjaliklari bundan mustasno, banklar bunday korxonalar toʻgʻrisidagi axborotni ular hisobga olingan joydagi davlat soliq xizmati organiga tegishli choralar koʻrish uchun taqdim etishlari shart.
Bank hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib qoʻyish toʻgʻrisida sud qarori mavjud boʻlgan taqdirda, korxonalarning yopilayotgan hisobvaraqlaridagi mablagʻlar qoldiqlari bank tomonidan foydalanish huquqisiz maxsus hisobvaraqlarga kiritib qoʻyiladi, korxonaning toʻlanishi uchun bankka taqdim etilgan kreditorlik qarzi esa, koʻzda tutilmagan holatlarning alohida hisobvaragʻiga oʻtkaziladi”.
12-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi 221-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 59-modda; 2002-yil, № 4-5, 74-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 413-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 1-modda quyidagi mazmundagi oʻn sakkizinchi va oʻn toʻqqizinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“tovarni (ishni, xizmatni) isteʼmolchidan qaytarib olish — agar tovar (ish, xizmat) isteʼmolchi mulkiga aylangan yoki unga taklif etilgan boʻlsa, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) tomonidan amalga oshiriladigan, tovarning (ishning, xizmatning) xavfsizligi talablariga mos boʻlmagan tovarni (ishni, xizmatni) qaytarib olishga qaratilgan har qanday chora;
tovarni (ishni, xizmatni) muomaladan chiqarish — ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) tomonidan amalga oshiriladigan, tovarning (ishning, xizmatning) xavfsizligi talablariga mos boʻlmagan tovarga (ishga, xizmatga) ofertani tugatish va bunga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan har qanday chora”;
2) 6-modda ikkinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi “bahosi” degan soʻzdan keyin “(tarifi)” degan soʻz bilan toʻldirilsin;
3) 12-moddaning sakkizinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Zarar yetkazilishining sabablarini bartaraf etish mumkin boʻlmagan taqdirda, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) bunday tovarni ishlab chiqarishdan olib tashlashi, ishni bajarish va xizmat koʻrsatishni tugatishi shart, bunda davolashga, oziq-ovqatga moʻljallangan tovarlar va maishiy kimyo tovarlari sotuvchi yoki ishlab chiqaruvchi tomonidan utilizatsiya qilinishi shart. Bu majburiyatlar sotuvchi yoki ishlab chiqaruvchi (ijrochi) tomonidan bajarilmagan taqdirda, tovarni ishlab chiqarishdan olib tashlash, ishni bajarish va xizmat koʻrsatishni toʻxtatish, ularni muomaladan chiqarish va isteʼmolchilardan qaytarib olish tovarning (ishning, xizmatning) xavfsiz boʻlishi va sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organlari koʻrsatmasiga binoan amalga oshiriladi”;
4) 14-moddaning birinchi qismi “tovar sifatini” degan soʻzlardan keyin “sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) tomonidan” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
5) 25-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi hamda uning hududiy organlari isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish maqsadida:
isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradilar;
isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining qoʻllanilishi masalalari yuzasidan rasmiy tushuntirishlar beradilar;
isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish alomatlari aniqlangan taqdirda, ishlab chiqaruvchidan (ijrochidan, sotuvchidan) zarur hujjatlar, tushuntirishlarni va boshqa axborotni soʻrab oladilar;
isteʼmolchilarning huquqlarini buzayotgan kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida ishlab chiqaruvchiga (ijrochiga, sotuvchiga) koʻrsatma yuboradilar;
isteʼmolchilarning (isteʼmolchilar nomuayyan doirasining) huquqlarini himoya qilib, sudga murojaat etishga haqlidirlar;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradilar”;
6) 27-moddaning:
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi hamda uning hududiy organlari ishlab chiqaruvchiga (ijrochiga, sotuvchiga):
qonun hujjatlarida yaroqlilik muddati koʻrsatilishi shart ekanligi belgilanganligiga qaramay yaroqlilik muddati koʻrsatilmagan tovarlarni realizatsiya qilish uchun qabul qilganlik va sotganlik uchun tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) xavfsiz boʻlishi va sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi tegishli davlat boshqaruvi organlarining ushbu tovarlarning isteʼmol (foydalanish) uchun yaroqliligi toʻgʻrisidagi xulosasi olingan taqdirda, realizatsiya qilish uchun qabul qilingan tovarlar hajmining besh foizi va ushbu tovarlarning isteʼmol (foydalanish) uchun yaroqsizligi toʻgʻrisidagi xulosasi olingan taqdirda, realizatsiya qilish uchun qabul qilingan tovarlar hajmining yuz foizi miqdorida, biroq eng kam ish haqining ikki yuz baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda;
yaroqlilik muddati oʻtgan tovarlarni realizatsiya qilish uchun qabul qilganlik va sotganlik uchun — realizatsiya qilish uchun qabul qilingan tovarlar hajmining yuz foizi miqdorida, biroq eng kam ish haqining uch yuz baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda;
isteʼmolchilar huquqlarining buzilishini bartaraf etish toʻgʻrisidagi oʻz koʻrsatmalarini bajarishdan boʻyin tovlaganlik yoki oʻz vaqtida bajarmaganlik uchun:
yuridik shaxslarga — eng kam ish haqining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda;
jismoniy shaxslarga — eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solish huquqiga ega”;
toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jarima solish sud tomonidan, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybiga iqror boʻlgan va jarimani ixtiyoriy ravishda toʻlagan taqdirda esa, maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi. Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ishlab chiqaruvchining (ijrochining, sotuvchining) oxirgi hisobot sanasidagi joriy aktivlari summasining jami yigirma foizidan ortiq miqdorda jarima undirish unga undiriladigan summani undirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran olti oy mobaynida oyma-oy boʻlib toʻlash imkoni berilgan holda amalga oshiriladi”;
oltinchi qismidagi “yoxud jarima solish haqidagi qarorni bekor qilish yoki oʻzgartirish” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
yettinchi qismidagi “yoki jarima solish haqidagi qarorning” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
13-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi 265-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 128-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 5-modda birinchi qismining:
beshinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
oltinchi — toʻqqizinchi xatboshilari tegishincha beshinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tibbiyot va farmatsevtika faoliyatini litsenziyalashni belgilangan tartibda amalga oshiradi”;
2) 11-moddaning:
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11-modda. Tibbiyot va farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash”;
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tibbiyot va farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar berish tartibi hamda shartlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
3) 31-moddaning ikkinchi qismidagi “mazkur faoliyat turi bilan shugʻullanish uchun litsenziyaga ega boʻlgan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
4) 41-moddaning birinchi qismidagi “roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan muayyan tibbiyot va farmatsevtika faoliyati turlari bilan shugʻullanish huquqiga esa diplom va litsenziya olgan shaxslar” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
5) 42-modda chiqarib tashlansin.
14-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan “Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi 353-I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 52-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda) 13-moddasi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini cheklash, toʻxtatib qoʻyish (favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bogʻliq holda oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga cheklash, toʻxtatib qoʻyish hollari bundan mustasno) yoki tugatish sud tartibida amalga oshiriladi”.
18-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi 415-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 120-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 5-moddaning:
uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“belgilangan tartibda farmatsevtika faoliyatini litsenziyalashni amalga oshiradi”;
oʻninchi xatboshisi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini toʻxtatib qoʻyishga olib keladigan dori vositalari tayyorlash va ishlab chiqarishni toʻxtatib qoʻyish (dori vositalari tayyorlash va ishlab chiqarishni favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bogʻliq holda oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga toʻxtatib qoʻyish hollari bundan mustasno) sud tartibida amalga oshiriladi”;
2) 7-moddaning uchinchi qismi chiqarib tashlansin;
3) 8-moddadagi “litsenziyaga ega boʻlgan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
4) 12-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqaruvchi korxonalar oʻzlari ishlab chiqarayotgan mahsulotlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuridik va jismoniy shaxslarga sotish huquqiga ega.
Ulgurji savdo korxonalari va tashkilotlari dori vositalarini hamda tibbiy buyumlarni dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqaruvchilardan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan dori-darmonlarni yetkazib beruvchi ulgurji savdo korxonalari va tashkilotlaridan, shuningdek xorijiy firmalardan olish huquqiga ega. Ulgurji savdo korxonalari va tashkilotlari dori vositalari hamda tibbiy buyumlarni yuridik va jismoniy shaxslarga sotish huquqiga ega.
Dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqaruvchi korxonalar, shuningdek ulgurji savdo korxonalari hamda tashkilotlari dori vositalari va tibbiy buyumlarni namunalar sifatida dorixona muassasalariga, davolash-kasallikning oldini olish muassasalariga, boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga, shuningdek tibbiyot va farmatsevtika oʻquv yurtlariga berish huquqiga ega. Namunalarni berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi”.
19-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi 472-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 230-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 5-modda birinchi qismining oʻninchi xatboshisi “saqlanganda ularni” degan soʻzlardan keyin “(xoʻjalik yurituvchi subyektlarga nisbatan sud tartibida)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
2) 7-modda beshinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“xoʻjalik yurituvchi subyektlar bojxona toʻlovlari boʻyicha budjet oldidagi oʻz majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, bunday subyektlarning hisob-kitob raqamlari va boshqa hisobvaraqlarini sudning qaroriga binoan yopadilar;
bojxona toʻlovlari va bunday toʻlovlarni toʻlash muddati oʻtkazib yuborilganligi uchun penya summalarini xoʻjalik yurituvchi subyektlardan soʻzsiz tartibda undirib olish toʻgʻrisidagi bojxona organlarining farmoyishlarini (inkasso topshiriqlarini) bajaradilar”.
20-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi 474-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 232-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda, № 9-10, 182-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda, № 9, 312-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 5-modda birinchi qismi:
3-bandining uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
8-bandi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning banklardagi va boshqa kredit tashkilotlaridagi hisob-kitob raqamlari hamda boshqa hisobvaragʻlari boʻyicha operatsiyalarini toʻxtatib qoʻyish sud tartibida amalga oshiriladi, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishning aniqlangan hollari bundan mustasno”;
9-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Xoʻjalik yurituvchi subyektlarga nisbatan moliyaviy jazo choralari sud tartibida qoʻllaniladi, ularning sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybiga iqror boʻlganligi va moliyaviy jazo choralari summalarini ixtiyoriy ravishda toʻlaganligi hollari bundan mustasno”;
10-bandi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning tovar-moddiy boyliklarini musodara qilish sud tartibida amalga oshiriladi”;
2) 7-modda toʻrtinchi qismining:
2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2) xoʻjalik yurituvchi subyektlar budjet oldidagi oʻz majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, bunday subyektlarning hisob-kitob raqamlari va boshqa hisobvaraqlarini sudning qaroriga binoan yopadilar”;
6-bandi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Banklardagi hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib qoʻyish sud tartibida amalga oshiriladi, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishning aniqlangan hollari bundan mustasno”.
22-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 24-dekabrda qabul qilingan “Investitsiya faoliyati toʻgʻrisida”gi 719-I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 10-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda) 26-moddasiga quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
ikkinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Investitsiya faoliyatini cheklab qoʻyish, toʻxtatib turish yoki tugatish toʻgʻrisidagi qaror:
investor qonunda belgilangan tartibda bankrot deb eʼlon qilingan yoki topilgan;
favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan;
investitsiya faoliyati jarayonida qonun hujjatlarida belgilangan sanitariya-gigiyena, radiatsiya, ekologiya, arxitektura-shaharsozlikka oid va boshqa talablar, yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlari buzilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan holatlar aniqlangan hollarda qabul qilinishi mumkin”;
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Tadbirkorlik subyekti faoliyatini toʻxtatib turish yoki tugatishga olib keladigan investitsiya faoliyatini cheklab qoʻyish, toʻxtatib turish (favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bogʻliq holda investitsiya faoliyatini oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga toʻxtatib qoʻyish hollari bundan mustasno) yoki tugatish sud tartibida amalga oshiriladi”;
uchinchi qism tegishincha toʻrtinchi qism deb hisoblansin.
24-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 15-aprelda qabul qilingan “Oʻrmon toʻgʻrisida”gi 770-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 5, 122-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda) 11-moddasining beshinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Tadbirkorlik subyekti faoliyatini cheklash, toʻxtatib qoʻyish (favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bogʻliq holda oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga cheklash, toʻxtatib qoʻyish hollari bundan mustasno) yoki tugatish sud tartibida amalga oshiriladi”.
25-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustda qabul qilingan “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʻgʻrisida”gi 813-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 210-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 9-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Litsenziyaning amal qilishi quyidagi hollarda toʻxtatib turilishi mumkin:
litsenziat litsenziya shartnomasida nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlarini buzganligi aniqlanganda;
litsenziyalovchi organlarning aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini litsenziat zimmasiga yuklovchi qarorlari litsenziat tomonidan bajarilmaganda.
Litsenziyaning amal qilishini litsenziyalovchi organ oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga, sud esa oʻn ish kunidan koʻp boʻlgan muddatga toʻxtatib turishi mumkin.
Litsenziyalovchi organ yoki sud litsenziat litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etishi uchun muddat belgilashi shart. Bunda litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etishi uchun sud qarorida belgilangan muddat olti oydan koʻp boʻlishi mumkin emas.
Litsenziat litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etgan taqdirda, litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan litsenziyalovchi organ yoki sud koʻrsatilgan holatlar bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi tasdiqnomani olgan kundan eʼtiboran litsenziyaning amal qilishini tiklash toʻgʻrisida oʻn kun muddat ichida qaror qabul qilishi shart”;
2) 91-moddaning:
birinchi qismi beshinchi xatboshisidagi “litsenziyalovchi organ belgilagan muddat” degan soʻzlar “sud yoki litsenziyalovchi organ belgilagan muddat” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Litsenziyaning amal qilishini tugatish ushbu modda birinchi qismining toʻrtinchi — sakkizinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda sud qaroriga, boshqa hollarda esa, litsenziyalovchi organning qaroriga binoan amalga oshiriladi”;
toʻrtinchi qismi birinchi xatboshisidagi “litsenziyani bergan organ tomonidan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Litsenziyani bekor qilish ushbu modda toʻrtinchi qismining toʻrtinchi xatboshisida nazarda tutilgan holda sud qaroriga, boshqa hollarda esa, litsenziyalovchi organning qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, litsenziya berilgan sanadan eʼtiboran bekor qilingan deb hisoblanadi.
Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini tugatish yoki litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori litsenziatga yozma shaklda, qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch kundan kechiktirmay yetkaziladi. Litsenziyaning amal qilishini tugatish yoki litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi sud qarori litsenziatga va litsenziyalovchi organga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi. Litsenziat litsenziyaning amal qilishini tugatish yoki litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi qarorni olgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida litsenziya litsenziyalovchi organga qaytarilishi va yoʻq qilinishi kerak”.
27-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 25-mayda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi 69-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5-6, 140-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda) quyidagi mazmundagi 401-modda bilan toʻldirilsin:
O'qish oynasida ochishRangli belgilar, qaydlar, qidiruv va tanlangan matn bo'yicha test bilan.
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: “291-modda. Banklarning moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korxonalar bank hisobvaraqlari boʻyicha axborot taqdim etish majburiyati Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda ularning moliyaviy javobgarligi erkinlashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-59-son). neolex.uz/uz/laws/law-1067374/291 (lex.uz/docs/-1067372)