22727-modda. Bojxona brokeri yoki bojxona tashuvchisi sifatidagi faoliyat shartlarini buzish
Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda ularning moliyaviy javobgarligi erkinlashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-59-son) · Sana: 10.10.2006 · Amalda
Bojxona brokeri yoki bojxona tashuvchisi sifatidagi faoliyat shartlarini buzish, —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
4) 245-moddaning birinchi qismi “173” raqamidan keyin “1741” raqami bilan toʻldirilsin, “227” raqami esa “2274-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 2278, 2279, 22713, 22714-moddalarida, 22715-moddasining birinchi qismida, 22716, 22717, 22718, 22719, 22720, 22721, 22722, 22723, 22724, 22725, 22726, 22727-moddalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 262-moddaning birinchi qismidagi “227-moddasida” degan soʻzlar “227, 2271, 2272, 2273-moddalarida, 2274-moddasining uchinchi qismida, 2275, 2276, 2277, 22710, 22711, 22712-moddalarida, 22715-moddasining ikkinchi qismida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 287-moddaning 6-bandi “227” raqamidan keyin “2271 — 22727” raqamlari bilan toʻldirilsin.
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 22-dekabrda qabul qilingan “Muddatida toʻlanmagan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni undirib olish toʻgʻrisida”gi 177-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 267-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda) quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 3-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Tadbirkorlik subyekti tomonidan ortiqcha toʻlangan summalarga teng boʻlgan qarzdorlik summasiga penya hisoblab chiqarilmaydi. Ortiqcha toʻlangan soliq va boshqa majburiy toʻlovlar summasining mavjudligi soliq organlari tomonidan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Penya miqdori tadbirkorlik subyektining tegishli soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzdorligi summasidan ortiq boʻlishi mumkin emas”;
