7-modda. Sugʻurta vakillari va sugʻurta brokerlari
Sugʻurta toʻgʻrisida (833-XII-son) · Sana: 06.05.1993 · Amalda
1. Sugʻurtalovchilar sugʻurta faoliyatini sugʻurta vakillari va sugʻurta brokerlari orqali amalga oshirishlari mumkin.
2. Sugʻurta vakillari oʻzlariga berilgan vakolatlarga muvofiq sugʻurtalovchi nomidan va uning topshirigʻi asosida ish koʻradigan jismoniy yoki yuridik shaxslardir.
3. Sugʻurta brokerlari belgilangan tartibda tadbirkor sifatida roʻyxatga olingan, sugʻurtalanuvchi yoki sugʻurtalovchining topshirigʻi asosida sugʻurta boʻyicha oʻz nomidan vositachilik faoliyatini amalga oshirishuvchi yuridik yoki jismoniy shaxslardir.
4. Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el sugʻurta tashkilotlari nomidan sugʻurta shartnomalarini tuzish bilan bogʻliq vositachilik faoliyatini amalga oshirishga, basharti, Oʻzbekiston Respublikasi ishtirokidagi davlatlararo bitimlarda oʻzga qoidalar nazarda tutilmagan boʻlsa, yoʻl qoʻyilmaydi.
