6-modda. Sugʻurta munosabatlarining subyektlari
Sugʻurta toʻgʻrisida (833-XII-son) · Sana: 06.05.1993 · Amalda
1. Sugʻurtalanuvchilar va sugʻurtalovchilar sugʻurta munosabatlarining subyektlari hisoblanadi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi hududida turgan boʻlib, sugʻurta toʻlovlarini toʻlayotgan va sugʻurtalovchilar bilan muayyan sugʻurta munosabatlariga kirishayotgan, fuqarolik salohiyatiga toʻliq ega boʻlgan jismoniy shaxslar yoki yuridik shaxslar sugʻurtalanuvchilar deb hisoblanadi.
3. Chet el fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar va chet el yuridik shaxslari Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari va yuridik shaxslari bilan teng ravishda sugʻurtalanish huquqidan foydalanadilar.
4. Sugʻurta qildiruvchilar uchinchi shaxslar foydasiga sugʻurta shartnomalari tuzishga haqlidirlar.
5. Tijorat tashkiloti boʻlgan hamda tegishli turdagi sugʻurtani amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyasi bor yuridik shaxslar, agar qonunlarda boshqa qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, sugʻurtalovchi sifatida sugʻurta shartnomasini tuzishi mumkin.
