4-modda. Majburiy sugʻurta hamda davlat majburiy sugʻurtasi
Sugʻurta toʻgʻrisida (833-XII-son) · Sana: 06.05.1993 · Amalda
1. Majburiy sugʻurta hamda davlat majburiy sugʻurtasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
2. Davlat majburiy sugʻurtasi davlat budjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
3. Majburiy sugʻurta hamda davlat majburiy sugʻurtasining shartlari, sugʻurta tariflari hamda ularni oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
4. Majburiy sugʻurtani oʻtkazish huquqiga tegishli sugʻurta turini amalga oshirish uchun litsenziyasi boʻlgan har qanday sugʻurta tashkiloti ega boʻlishi mumkin.
Davlat majburiy sugʻurtasi davlat sugʻurta tashkilotlari yoki davlatga qarashli boshqa tashkilotlar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
5. Sugʻurta tashkilotlari majburiy sugʻurtalanishi hamda davlat tomonidan majburiy sugʻurtalanishi kerak boʻlgan obyektlar saqlanishini nazorat qilishga haqlidir.
