3-modda. Sugʻurta obyektlari va shakllari
Sugʻurta toʻgʻrisida (833-XII-son) · Sana: 06.05.1993 · Amalda
Fuqarolarning hayoti, sogʻligʻi, mehnat qobiliyati, fuqarolar va yuridik shaxslarning mol-mulki, moddiy boyliklari, javobgarlik majburiyatlari, mulkiy hamda mulkka oid boʻlmagan huquqlari yoki manfaatlari sugʻurta obyektlari hisoblanadi. Sugʻurta ixtiyoriy va majburiy shakllarda amalga oshirilishi mumkin.
Gʻayrihuquqiy manfaatlarni sugʻurtalashga yoʻl qoʻyilmaydi. Oʻyinlarda, lotereyalarda ishtirok etishdan hamda garov oʻynashdan koʻriladigan zararlarni sugʻurtalashga, shuningdek garovga olingan odamlarni qutqarish maqsadida shaxs majburan toʻlashi mumkin boʻlgan pulni sugʻurtalashga yoʻl qoʻyilmaydi.
