20-modda. Sugʻurtalovchilarning sugʻurta zaxiralari va fondlari
Sugʻurta toʻgʻrisida (833-XII-son) · Sana: 06.05.1993 · Amalda
1. Sugʻurtalovchilar zimmalariga olgan sugʻurta majburiyatlarini bajarishni taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilangan tartibda va shartlarda olingan sugʻurta badallaridan boʻlgʻusi toʻlovlar uchun shaxsiy sugʻurta, mulkiy sugʻurta hamda javobgarlik sugʻurtasi boʻyicha sugʻurta zaxiralarini vujudga keltiradilar.
Sugʻurtalovchilar vujudga keltirgan sugʻurta zaxiralari musodara qilinishi mumkin emas.
2. Sugʻurtalovchilar soliqlar toʻlanganidan keyin qoladigan va oʻz ixtiyorlariga kelib tushadigan daromadlardan oʻz faoliyatlarini taʼminlash uchun zarur boʻlgan fondlar hosil qilishlari mumkin.
3. Sugʻurta tashkiloti oʻz balansini har yili Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda eʼlon qilib turishi shart
