13-modda. Sugʻurta shartnomasi tuzish
Sugʻurta toʻgʻrisida (833-XII-son) · Sana: 06.05.1993 · Amalda
1. Sugʻurta shartnomasi tuzish uchun sugʻurtalanuvchi sugʻurtalovchiga belgilangan shaklda yozma ariza taqdim etadi yoki sugʻurta shartnomasi tuzish niyatida ekanligi haqida mumkin boʻlgan boshqa usulda maʼlum qiladi.
2. Sugʻurtalovchining sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurta tovon pulini yoki sugʻurta summasini toʻlash majburiyati, agar shartnomada boshqa qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, sugʻurta mukofoti yoki uning birinchi badali toʻlangan paytdan boshlab kuchga kiradi.
3. Sugʻurta shartnomasi tuzilganligi fakti sugʻurta qildiruvchiga sugʻurta polisi (kvitansiyasi, sertifikati, shahodatnomasi) berish orqali tasdiqlanadi.
