10-modda. Sugʻurta toʻlovlari va tariflari
Sugʻurta toʻgʻrisida (833-XII-son) · Sana: 06.05.1993 · Amalda
1. Sugʻurta toʻlovlari (sugʻurta mukofotlari) – sugʻurtalanuvchi sugʻurtalovchiga toʻlaydigan badallar boʻlib, ularni hisoblab chiqarish tartibi va ularning miqdori sugʻurta shartnomasida belgilab qoʻyiladi hamda ular soʻmda ham, chet el valyutasida ham toʻlanishi mumkin.
Sugʻurta shartnomasi amal qilgan davrda toʻlangan sugʻurta toʻlovi (sugʻurta mukofotlari)ga jarima solinishi mumkin emas, qonunlarda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
2. Sugʻurta tariflari sugʻurtaga doir toʻlovlar stavkalari boʻlib, ular sugʻurta tashkilotini sugʻurta puli (sugʻurta tovoni) toʻlash, zaxira fondi va boshqa fondlar hosil qilish uchun moliyaviy mablagʻ bilan taʼminlaydigan miqdorlarda belgilanadi.
4. Ixtiyoriy sugʻurta turlariga doir sugʻurta tariflarining miqdori tomonlarning kelishuviga muvofiq belgilanadi.
