14-modda. Mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatish uchun mablagʻlarning manbalari
Mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisida (O‘RQ-53-son) · Sana: 20.09.2006 · Amalda
Mikrokredit tashkiloti quyidagilar hisobidan mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatadi:
oʻz mablagʻlari, shu jumladan olgan daromadlari;
investorlar, shu jumladan chet ellik investorlar tomonidan investitsiya shartnomalari asosida berilgan mablagʻlar;
banklarning kreditlari va davlat maqsadli jamgʻarmalarining mablagʻlari;
xalqaro moliya institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlarining, shu jumladan chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining grantlari va qarz mablagʻlari;
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
