42-modda. Ogohlantiruv
“Prokuratura toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (257-II-son) · Sana: 29.08.2001 · Amalda
Prokuror fuqarolarning qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga, huquq va erkinliklariga, jamiyat hamda davlat manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan gʻayriqonuniy xatti-harakatlar tayyorlanayotganligi xususida ishonchli maʼlumotlar mavjud boʻlganda huquqbuzarlikning oldini olish maqsadida mansabdor shaxslar va fuqarolarni qonunning buzilishiga yoʻl qoʻymaslik haqida yozma ravishda ogohlantiradi hamda huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikni tushuntiradi.
Ogohlantiruv toʻgʻrisida prokuror yuqori turuvchi organga (mansabdor shaxsga), shuningdek ogohlantiruv eʼlon qilingan shaxsning ish, oʻqish joyi boʻyicha ish beruvchiga (maʼmuriyatga) yoki yashash joyidagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga maʼlum qilishga haqli.
