31-modda. Prokurorning vakolatlari
“Prokuratura toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (257-II-son) · Sana: 29.08.2001 · Amalda
Prokuror ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida, jinoiy jazolarni va jinoyat-huquqiy taʼsirning boshqa choralarini ijro etish chogʻida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshira borib, oʻz vakolatlari doirasida:
ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylariga, qamoqqa olish, intizomiy qismga joʻnatish, ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazolarni ijro etish muassasalariga, tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini ijro etuvchi muassasalarga va voyaga yetmaganlarning maxsus oʻquv-tarbiya muassasalariga moneliksiz va istalgan vaqtda hamma xonalar bilan tanishish sharti bilan kirishga, shaxslarga nisbatan ushlab turish, qamoqqa olish, shuningdek jinoiy jazo yoki jinoyat-huquqiy taʼsirning boshqa choralari qoʻllanilishiga asos boʻlgan hujjatlar bilan tanishishga;
ushlab turish, qamoqda saqlash joylarida, qamoqqa olish, intizomiy qismga joʻnatish, ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazolarni ijro etish muassasalarida, tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini ijro etuvchi muassasalarda, voyaga yetmaganlarning maxsus oʻquv-tarbiya muassasalarida noqonuniy saqlab turilgan shaxslarni darhol ozod qilishga, mahkumni amnistiya aktiga asosan jazodan ozod qilish toʻgʻrisida sudga iltimosnoma kiritishga;
agar qamoqda saqlanayotgan, qamoq jazosiga, intizomiy qismga joʻnatishga, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga nisbatan qoʻllanilgan intizomiy jazo choralari qonunga nomuvofiq boʻlsa, bu choralarni bekor qilishga va oʻz qarori bilan bunday shaxslarni intizomiy boʻlinmalardan darhol ozod qilishga;
ushlab turilganlar, qamoqqa olinganlar, mahkumlardan va jinoyat-huquqiy taʼsirning boshqa choralari qoʻllanilgan shaxslardan ushlab turish, qamoqda saqlash, jazoni va jinoyat-huquqiy taʼsirning boshqa choralarini ijro etuvchi organlar hamda muassasalarning vakillari ishtirokida ham, ulardan holi holda ham soʻrab-surishtirishga;
ushlab turish, qamoqda saqlash, jazoni va jinoyat-huquqiy taʼsirning boshqa choralarini ijro etuvchi organlar hamda muassasalar maʼmuriyatlarining buyruqlari, farmoyishlari va qarorlari, tezkor-qidiruv tadbirlarining qonunga muvofiqligini tekshirishga;
ushlab turilganlar, qamoqqa olinganlar, mahkumlarning va jinoyat-huquqiy taʼsirning boshqa choralari qoʻllanilgan shaxslarning huquqlarini taʼminlaydigan sharoitlar yaratilishini ushlab turish, qamoqda saqlash, jazoni va jinoyat-huquqiy taʼsirning boshqa choralarini ijro etuvchi organlar hamda muassasalar maʼmuriyatidan talab qilishga;
