30-modda. Nazorat predmeti
“Prokuratura toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (257-II-son) · Sana: 29.08.2001 · Amalda
Quyidagilar nazorat predmeti hisoblanadi:
ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida, jinoiy jazolarni va jinoyat-huquqiy taʼsirning boshqa choralarini ijro etuvchi muassasalarda shaxslar saqlanishining qonuniyligi;
ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash, jinoiy jazolarni va jinoyat-huquqiy taʼsirning boshqa choralarini ijro etish tartibi va sharoitlari haqidagi qonunchilikka rioya etilishi;
ushlab turilganlar, qamoqqa olinganlar, mahkumlarning, shuningdek jinoyat-huquqiy taʼsirning boshqa choralari qoʻllanilgan shaxslarning qonunda belgilangan huquq va majburiyatlariga rioya etilishi;
jinoyat-ijroiya qonunchiligini qoʻllayotgan organ va muassasalar, mansabdor shaxslar faoliyatida qonunchilikka rioya etilishi.
