Mahsulot belgilari va xizmat koʻrsatish belgilari toʻgʻrisida (860-XII-son) · Sana: 07.05.1993 · Amalda
1. Mahsulot belgisi roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma ustuvorlik belgilangan vaqtdan eʼtiboran 10 yil davomida amal qiladi.
2. Mahsulot belgisi roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilish muddati mahsulot belgisi egasining guvohnoma amal qilib turgan soʻnggi yilda bergan arizasiga muvofiq boj toʻlab borilgan taqdirda har gal yana 10 yilga uzaytirilishi mumkin.
Roʻyxatdan oʻtganlikning amal qilish muddati tugaganidan soʻng mahsulot belgisi egasining iltimosiga koʻra qoʻshimcha boj toʻlash sharti bilan mahsulot belgisi roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilish muddati yana olti oyga uzaytirilishi mumkin.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-101267
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 23-modda. Mahsulot belgisi roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilish muddati Mahsulot belgilari va xizmat koʻrsatish belgilari toʻgʻrisida (860-XII-son). neolex.uz/uz/laws/law-101263/23 (lex.uz/docs/-101267)