22-modda. Mahsulot belgisining egasi boʻlmish yuridik shaxs qayta tashkil etilganda mahsulot belgisiga egalik huquqi
Mahsulot belgilari va xizmat koʻrsatish belgilari toʻgʻrisida (860-XII-son) · Sana: 07.05.1993 · Amalda
1. Yuridik shaxslar qoʻshilib ketgan taqdirda mahsulot belgilari qayta roʻyxatdan oʻtgan yuridik shaxs ixtiyoriga oʻtadi.
2. Mahsulot belgisi egasi boʻlmish yuridik shaxs – boʻlib yuborilgan taqdirda mahsulot belgisi qayta roʻyxatdan oʻtgan, mahsulotlar ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatish ixtiyoriga oʻtgan yuridik shaxsga oʻtadi.
Basharti, mahsulot belgisi egasi mahsulot belgisi roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomada koʻrsatilgan mahsulotlar va xizmatlarning bir qismini ishlab chiqarish huquqini oʻzida saqlab qolsa, har ikkala yuridik shaxs oʻzaro kelishuvga (shartnomaga) muvofiq mahsulot belgisining hamkor egasi deb tan olinishi mumkin.
Shartnoma boj toʻlab Patent idorasida roʻyxatdan oʻtkaziladi. Roʻyxatga olinmagan shartnoma haqiqiy hisoblanmaydi.
3. Mahsulot belgisining egasi boʻlmish yuridik shaxs ikkinchi yuridik shaxsga qoʻshilgan taqdirda, mahsulot belgisiga boʻlgan huquq ikkinchi yuridik shaxsga oʻtadi.
