“4-modda. Posyolka va qishloqlar oʻzini oʻzi boshqaruv idoralarining yer munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari
“Yer toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (859-XII-son) · Sana: 07.05.1993 · Amalda
Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar posyolka va qishloqlar oʻzini oʻzi boshqaruv idoralarining ixtiyorida boʻladi:
shaxsiy yordamchi xoʻjalikni yuritish uchun beriladigan yer uchastkalari katta-kichikligining meʼyorlarini tasdiqlash;
posyolkalar va qishloqlarning hududidagi yerlardan foydalanishni va ularni muhofaza etishni nazorat qilish;
oʻz ixtiyorlariga berilgan yer zaxiralarini tasarruf etish;
yer uchastkasining katta-kichikligidan qatʼi nazar, qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yerlari tarkibiga kirmaydigan posyolka va qishloq aholi punktlari doirasidagi yerlarni egalik qilish, foydalanish uchun va ijaraga berish, shuningdek yerlarni olib qoʻyish;
yerga egalik qilish, undan foydalanish huquqlarini, shuningdek erni ijraga olish shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazish;
fuqarolarga shaxsiy yordamchi xoʻjalik yuritish uchun, uy-joy qurish va unga xizmat koʻrsatish uchun, shuningdek pichanzor va mol boqish uchun berib qoʻyilgan yer uchun haq olish;
ushbu moddaning beshinchi xatboshisida belgilangan tartibda yer berib qoʻyilgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolarning yerga egalik qilish hamda undan foydalanish huquqlarini toʻxtatish.
