“30-modda. Kooperativlarga yer berish
“Yer toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (859-XII-son) · Sana: 07.05.1993 · Amalda
Hokimiyatning tegishli viloyat idoralari qaroriga binoan jamoa va davlat xoʻjaliklari hamda qishloq xoʻjaligi korxonalari va tashkilotlarning (ilmiy-tadqiqot, oʻquv tashkilotlari, yordamchi qishloq xoʻjaliklaridan tashqari) boʻlinmalari negizida tuziladigan hamda ulardan chiqadigan kooperativlarga xoʻjalik yuritishning teng sharoitlari yaratilishi zarurligini eʼtiborga olgan holda oʻzlari ilgari ishlab kelgan yerlardan yer uchastkalari beriladi. Bu yer uchastkalari mazkur korxonalarning yerlari tarkibidan olib qoʻyilishi lozim. Yer uchastkalarini berish tartibi va shartlari qonunlar bilan belgilanadi”.
21. 33-modda:
uchinchi va toʻrtinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Shahar doirasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi, posyolka doirasi esa hokimiyat viloyat idoralari tomonidan belgilanadi va oʻzgartiriladi.
Shahar doirasidagi hamma yerlar hokimiyat shahar idoralari, posyolka doirasidagi yerlar esa posyolka oʻzini oʻzi boshqaruv organlari ixtiyoridadir”.
22. 34-modda quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
