8-modda. Isteʼmol krediti olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar
Isteʼmol krediti toʻgʻrisida (O‘RQ-33-son) · Sana: 06.05.2006 · Amalda
Isteʼmol krediti berish qoidalariga muvofiq isteʼmolchi isteʼmol krediti olish uchun kredit buyurtmasini va oʻz daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan boshqa hujjatlarni isteʼmol krediti beruvchi tashkilotga taqdim etadi.
Kredit buyurtmasida quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
isteʼmolchining familiyasi, ismi, otasining ismi, pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi (shaxsini tasdiqlovchi hujjati) seriyasi va raqami hamda yashash joyi;
isteʼmol kreditining obyekti;
isteʼmol kreditining muddati;
isteʼmolchining faoliyat turi va daromadlari;
isteʼmolchi tomonidan shartnoma boʻyicha majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash usuli.
Kredit buyurtmasi buyurtma berilgan sana koʻrsatilgan holda isteʼmolchi tomonidan imzolanadi.
