591-modda. Ish tashlashni tugatish
Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi · Sana: 28.10.2022 · Amalda
Ish tashlash quyidagi hollarda tugatiladi:
jamoaviy mehnat nizosi taraflari tomonidan oʻzaro yozma kelishuvga erishilganda;
ish beruvchi tomonidan ish tashlashni eʼlon qilish toʻgʻrisidagi qarorda ish tashlashni eʼlon qilish va oʻtkazish uchun asos boʻlgan kelishmovchiliklar bartaraf etilganda;
sud tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda noqonuniy deb topilganda;
ish tashlashda ishtirok etayotgan xodimlarning ellik foizidan koʻprogʻining roziligi bilan ish tashlashdan voz kechilganida.
Xodimlar ish tashlash tugatilgandan keyingi ish kunidan kechiktirmay mehnat shartnomasida nazarda tutilgan majburiyatlarini davom ettirishi zarur.
