Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi · Sana: 28.10.2022 · Amalda
Kasaba uyushmasi qoʻmitasi ish tashlashni eʼlon qilish toʻgʻrisidagi qaror haqida ish beruvchini ushbu qaror qabul qilingan paytdan eʼtiboran bir ish kunidan kechiktirmay yozma ravishda xabardor qilishi kerak.
Ish beruvchi boʻlajak ish tashlashni eʼlon qilish toʻgʻrisida yozma xabarnomani olgan paytdan eʼtiboran bir ish kunidan kechiktirmay bu haqda jamoaviy mehnat nizolarini tartibga solish boʻyicha davlat organlarini yozma ravishda ogohlantiradi.
Ish tashlashni eʼlon qilish toʻgʻrisidagi qarorda belgilangan vaqtda ish tashlash boshlanmagan boʻlsa, jamoaviy mehnat nizosini hal qilish ushbu Kodeksning 573-moddasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-6257288
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 583-modda. Ish tashlashni eʼlon qilish toʻgʻrisidagi qaror haqida xabardor qilish Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi. neolex.uz/uz/laws/labor/583 (lex.uz/docs/-6257288)