Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksi · Sana: 30.04.1998 · Amalda
Sud tomonidan bolalar tarbiyasi bilan bogʻliq nizolar koʻrilayotganda, bolaning himoyasi uchun kim daʼvo taqdim qilganligidan qatʼi nazar, ishda ishtirok etish uchun vasiylik va homiylik organi jalb qilinishi kerak.
Vasiylik va homiylik organi bolaning hamda uni oʻz tarbiyasiga berishni talab qilayotgan shaxs (shaxslar)ning turmush sharoitlarini tekshirishi va tekshirish natijalarini hamda unga asoslangan nizo mohiyatiga oid xulosasini sudga taqdim qilishi shart.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-104720
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 88-modda. Sudda bolalar tarbiyasi bilan bogʻliq nizolarni koʻrishda vasiylik va homiylik organining ishtiroki Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksi. neolex.uz/uz/laws/family/88 (lex.uz/docs/-104720)