Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksi · Sana: 30.04.1998 · Amalda
Nikohni qayd etish, nikohlanuvchi shaxslar doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan joydan qatʼi nazar, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Alohida hollarda nikohni qayd etish kasalxona yoki uyda amalga oshiriladi.
Nikohni qayd etish tantanali vaziyatda amalga oshirilishi mumkin.
Nikohlanuvchilar fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organiga nikoh qayd etilishidan bir oy ilgari nikohga kirish toʻgʻrisida ariza beradilar.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-104720
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 212-modda. Nikoh tuzilganligini qayd etish joyi va vaqti Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksi. neolex.uz/uz/laws/family/212 (lex.uz/docs/-104720)