Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksi · Sana: 30.04.1998 · Amalda
Vasiylik va homiylik voyaga yetmaganlarga nisbatan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktorining qarori bilan, voyaga yetganlarga nisbatan esa tuman, shahar hokimining qarori bilan belgilanadi.
Vasiylik yoki homiylik vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaxsning doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan joyga koʻra, agar shaxs muayyan yashash joyiga ega boʻlmasa, vasiyning yoki homiyning doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan joyga koʻra belgilanadi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-104720
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 174-modda. Vasiylik va homiylikni belgilash Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksi. neolex.uz/uz/laws/family/174 (lex.uz/docs/-104720)