Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksi · Sana: 30.04.1998 · Amalda
Qarindoshlar va boshqa shaxslardan voyaga yetmagan bolalar uchun, shuningdek voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj shaxslar taʼminoti uchun undiriladigan alimentning miqdori sud tomonidan aliment undirilayotgan shaxsning va aliment olayotgan shaxsning moddiy va oilaviy ahvolini hisobga olib, har oyda pul bilan toʻlanadigan qatʼiy summada belgilanadi.
Aliment miqdorini belgilashda, talab aliment toʻlashi shart boʻlgan shaxslarning barchasiga yoxud ularning bir nechtasiga yoki faqat biriga qaratilgan boʻlishidan qatʼi nazar, ana shu shaxslar hisobga olinadi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-104720
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 129-modda. Qarindoshlar va boshqa shaxslardan undiriladigan alimentning miqdori Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksi. neolex.uz/uz/laws/family/129 (lex.uz/docs/-104720)