Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksi · Sana: 30.04.1998 · Amalda
Oʻgay ota va oʻgay onaning tarbiyasida yoki taʼminotida boʻlgan voyaga yetmagan oʻgay oʻgʻil va oʻgay qizlarning ota-onasi yoʻq boʻlsa yoxud oʻz ota-onasidan yetarli mablagʻ ololmayotgan boʻlsa, ularga taʼminot berish majburiyati oʻgay ota va oʻgay ona zimmasiga yuklatilishi mumkin. Voyaga yetgan yordamga muhtoj, mehnatga layoqatsiz oʻgay oʻgʻil va oʻgay qizlarning ota-onasi, eri yoki xotini (sobiq eri yoki xotini) va voyaga yetgan mehnatga layoqatli bolalari boʻlmasa yoxud ulardan taʼminot uchun yetarli mablagʻ ololmasa, oʻgay ota va oʻgay onaning zimmasiga ularga nisbatan ham shunday majburiyat yuklatilishi mumkin.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-104720
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 127-modda. Oʻgay ota va oʻgay onaning oʻgay oʻgʻil va oʻgay qizlariga taʼminot berish majburiyati Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksi. neolex.uz/uz/laws/family/127 (lex.uz/docs/-104720)