Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksi · Sana: 30.04.1998 · Amalda
Mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj eri yoki xotini (sobiq eri yoki xotini) yoki voyaga yetgan mehnatga layoqatli bolalari boʻlmagan yoxud ulardan taʼminot uchun mablagʻ ololmaydigan, amalda ularni tarbiyalaganlarga taʼminot berish majburiyati ularning doimiy tarbiyasi va taʼminotida boʻlgan shaxslar zimmasiga yuklatilishi mumkin. Bunday majburiyat vasiylikda (homiylikda) turgan shaxslar zimmasiga yuklatilmaydi.
Sud tarbiyada boʻlganlarni, agar ular tarbiyachilarning tarbiyasi va taʼminotida besh yildan kam turgan boʻlsa, ushbu moddada koʻrsatilgan majburiyatdan ozod qilishga haqli.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-104720
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 126-modda. Doimiy tarbiyada boʻlganlarning oʻz tarbiyachilariga taʼminot berish majburiyati Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksi. neolex.uz/uz/laws/family/126 (lex.uz/docs/-104720)