Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksi · Sana: 30.04.1998 · Amalda
Er-xotinning bir-biridan taʼminot olish huquqi ushbu Kodeksning 117 va 118-moddalariga muvofiq taʼminot olish uchun asos boʻlgan shartlar tugagan taqdirda, shuningdek nikohdan ajralgan yordamga muhtoj, mehnatga layoqatsiz er yoki xotin yangi nikohga kirganda tugaydi. Bunday hollarda, agar taʼminot uchun mablagʻ sudning hal qiluv qaroriga binoan undirilgan boʻlsa, uni toʻlashi shart boʻlgan er (xotin) bundan buyon aliment toʻlashdan ozod etish haqidagi talab bilan sudga murojaat qilishga haqlidir.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-104720
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 121-modda. Er (xotin)ning aliment olish huquqining tugashi Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksi. neolex.uz/uz/laws/family/121 (lex.uz/docs/-104720)