Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi · Sana: 22.01.2018 · Amalda
Sudya ishni sud muhokamasiga tayyorlashda bedarak yoʻqolgan shaxs toʻgʻrisida kimlar (qarindosh-urugʻlari, birga ishlovchilar va boshqalar) maʼlumot bera olishi mumkinligini aniqlaydi, shuningdek bedarak yoʻqolganning maʼlum boʻlgan soʻnggi yashash joyi va ish joyidagi tegishli tashkilotlardan (ichki ishlar organlaridan, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan) bedarak yoʻqolgan shaxs toʻgʻrisida bor maʼlumotlarni soʻrab oladi.
Sudya arizani qabul qilib olgach, ayni vaqtda vasiylik va homiylik organiga bedarak yoʻqolganning mol-mulkini saqlash, shuningdek uni boshqarish uchun shaxsni tayinlashni taklif qilishi mumkin.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-3517337
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 306-modda. Ishni sud muhokamasiga tayyorlash Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi. neolex.uz/uz/laws/civil-procedure/306 (lex.uz/docs/-3517337)