Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) · Sana: 29.08.1996 · Amalda
Chek boʻyicha toʻlovchi chekning haqiqiyligiga, shu jumladan taqdim etuvchi chek boʻyicha vakil qilingan shaxs ekanligiga ham imkoniyatidagi hamma usullar bilan ishonch hosil qilishi kerak.
Inkassolangan chek boʻyicha pul toʻlanganida toʻlovchi indossantlarning imzosini emas, balki indossamentlar toʻgʻriligini tekshirishi shart.
Soxta, oʻgʻirlangan yoki yoʻqotib qoʻyilgan chek boʻyicha toʻlovchi pul toʻlashi oqibatida koʻrilgan zarar kimning aybi bilan yetkazilganligiga qarab, toʻlovchining yoki chek beruvchining zimmasiga yuklatiladi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-180552
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 813-modda. Toʻlovchining majburiyatlari Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism). neolex.uz/uz/laws/civil-2/813 (lex.uz/docs/-180552)