Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) · Sana: 29.08.1996 · Amalda
Chek saqlovchiga xizmat qiladigan bankka toʻlovni olish uchun chekni inkassoga taqdim etish toʻlovga taqdim etish deb hisoblanadi.
Chek boʻyicha ushbu Kodeksning 805-moddasida belgilab qoʻyilgan tartibda pul toʻlanadi.
Inkassolangan chek boʻyicha mablagʻlarni chek saqlovchining hisobvaragʻiga kiritish, agar chek saqlovchi bilan bank oʻrtasidagi shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, toʻlovchidan toʻlov olinganidan keyin amalga oshiriladi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-180552
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 812-modda. Chekni inkasso qilish Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism). neolex.uz/uz/laws/civil-2/812 (lex.uz/docs/-180552)