Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) · Sana: 21.12.1995 · Amalda
Sud shartnoma shartlarini sharhlashda undagi soʻz va iboralarning asl maʼnosini eʼtiborga oladi. Shartnomaning sharti aniq boʻlmasa, uning asl maʼnosi uni boshqa shartlarga va butun shartnomaning maʼnosiga taqqoslash yoʻli bilan aniqlanadi.
Agar ushbu moddaning birinchi qismida bayon etilgan qoidalar shartnomaning mazmunini aniqlash imkonini bermasa, taraflarning haqiqiy umumiy xohish-irodasi shartnomaning maqsadini hisobga olgan holda aniqlanishi kerak. Bunda barcha tegishli holatlar, shu jumladan shartnoma tuzish oldidan olib borilgan muzokaralar va yozishmalar, taraflarning oʻzaro munosabatlarida qaror topgan amaliyot, ish muomalasi odatlari, taraflarning keyinchalik oʻzlarini qanday tutganligi eʼtiborga olinadi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-111189
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 363-modda. Shartnomani sharhlash Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism). neolex.uz/uz/laws/civil-1/363 (lex.uz/docs/-111189)