Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi · Sana: 30.12.2019 · Amalda
Advokatlar hayʼati, advokatlik firmalari va advokatlik byurolari faoliyatning notijorat tashkilotlar sifatida advokatlar tomonidan huquqiy yordam koʻrsatish bilan bogʻliq qismi boʻyicha soliqlar va yigʻimlar toʻlashdan ozod qilinadi, bundan quyidagilar mustasno:
bojxona toʻlovlari;
ijtimoiy soliq;
toʻlov manbaida ushlab qolinadigan soliqlar.
Advokatlar hayʼati, advokatlik firmalari va advokatlik byurolari tomonidan tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilganda (yuridik yordam koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlmagan) soliqlar va yigʻimlar tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda toʻlanadi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-4674902
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 477-modda. Advokatlarga soliq solish Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi. neolex.uz/uz/laws/tax/477 (lex.uz/docs/-4674902)