Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi · Sana: 30.12.2019 · Amalda
Soliq solishda quyidagilar hisobga olinmaydi:
1) yakka tartibdagi tadbirkorning unga mulk huquqi asosida, shuningdek mol-mulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yoʻl qoʻyuvchi boshqa ashyoviy huquq tufayli tegishli boʻlgan koʻchmas mulkni sotishdan olingan daromadlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi solinishi lozim boʻlgan daromadlari;
2) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini hamda yakka tartibdagi tadbirkor foyda soligʻini toʻlashga oʻtguniga qadar aylanmadan soliqni toʻlash davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlar.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-4674902
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 361-modda. Soliq solishda hisobga olinmaydigan daromadlar Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi. neolex.uz/uz/laws/tax/361 (lex.uz/docs/-4674902)