Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi · Sana: 30.12.2019 · Amalda
Agar ushbu moddaning ikkinchi qismida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi soliq rezidentiga toʻlanadigan foizlar ushbu daromadlarni oluvchining soliq bazasida hisobga olinadi va unga ushbu boʻlimda nazarda tutilgan tartibda soliq solinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan yuridik shaxs tomonidan notijorat va budjet tashkilotlariga mablagʻlarni depozitga joylashtirishidan toʻlanadigan foizlarga toʻlov manbaida ushbu Kodeks 337-moddasi birinchi qismining 12-bandida belgilangan miqdordagi soliq stavkasi boʻyicha soliq solinadi va bunday daromadlar oluvchilarning soliq bazasini aniqlashda chegirib tashlanadi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-4674902
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 344-modda. Foiz tarzidagi daromadlarga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi. neolex.uz/uz/laws/tax/344 (lex.uz/docs/-4674902)