Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi · Sana: 30.12.2019 · Amalda
Soliq solish maqsadlarida soliq toʻlovchi tomonidan amortizatsiya qilinadigan aktivlarni taʼmirlash uchun amalga oshirilgan xarajatlar qaysi hisobot (soliq) davrida amalga oshirilgan boʻlsa, oʻsha hisobot (soliq) davrida haqiqiy chiqimlar miqdorida xarajatlar jumlasiga kiritiladi.
Agar ijaraga oluvchi va ijaraga beruvchi oʻrtasidagi shartnomada (qarz oluvchi va qarz beruvchi oʻrtasidagi shartnomada) ijaraga oluvchining (qarz oluvchining) xarajatlari oʻrnini ijaraga beruvchi (qarz beruvchi) tomonidan qoplash nazarda tutilgan boʻlmasa, ushbu modda qoidalari ijaraga oluvchining (qarz oluvchining) mazkur xarajatlariga nisbatan ham qoʻllaniladi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-4674902
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 309-modda. Amortizatsiya qilinadigan aktivlarni taʼmirlash xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi. neolex.uz/uz/laws/tax/309 (lex.uz/docs/-4674902)