2891-modda. Tamaki mahsulotlariga doir soliq stavkalari
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi · Sana: 30.12.2019 · Amalda
Tamaki mahsulotlariga nisbatan soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
T/r Tamaki mahsulotlari turlari Soliq stavkalari 1. Filtrli, filtrsiz sigaretalar, papiroslar, sigarillalar (sigaritlar), bidi, kretek 2026-yil 1-yanvardan: 340 000 soʻm/1 000 dona 2026-yil 1-iyuldan: 365 000 soʻm/1 000 dona 2. Sigara 2026-yil 1-yanvardan: 20 000 soʻm/1 dona 2026-yil 1-fevraldan: 21 500 soʻm/1 dona 3. Chilim uchun tamaki* 2026-yil 1-yanvardan: 600 000 soʻm/kg 2026-yil 1-fevraldan: 642 000 soʻm/kg 4. Chekiladigan, oʻrama tamaki 2026-yil 1-yanvardan: 600 000 soʻm/kg 2026-yil 1-fevraldan: 642 000 soʻm/kg 5. Chaynaladigan, hidlanadigan va shimiladigan tamaki 382 000 soʻm/kg 6. Qizdiriladigan tamaki tayoqchasi, qizdiriladigan tamakili kapsula va tarkibida tamaki mavjud boʻlgan oʻxshash tamoyil bilan foydalaniladigan boshqa mahsulotlar 2026-yil 1-yanvardan: 450 000 soʻm/kg 2026-yil 1-fevraldan: 481 500 soʻm/kg 7. Nikotinli tamakisiz snyus 154 000 soʻm/kg 8. Tarkibida nikotin mavjud boʻlgan suyuqlik (kartrijlarda, rezervuarlarda va elektron sigaretlarda foydalanish uchun boshqa konteynerlarda)** 2026-yil 1-yanvardan: 2 000 soʻm/ml 2026-yil 1-fevraldan: 2 140 soʻm/ml
* Belgilangan soliq stavkasi boʻyicha soliq chilim uchun tamakisiz aralashmani olib kirishda ham toʻlanadi.
** Tarkibida nikotin mavjud boʻlgan suyuqlikni (nikotinni) uni isteʼmol qilish (elektron va boshqalar) tizimlarida olib kirishda soliq tarkibida nikotin mavjud boʻlgan suyuqlik hajmidan kelib chiqqan holda toʻlanadi.
Ushbu modda birinchi qismining 1-bandida aksiz soligʻining qatʼiy belgilangan stavkasi naturada ifodalangan aksiz toʻlanadigan tovarlar hajmiga nisbatan qoʻllaniladi.
Ushbu modda birinchi qismining 3 — 6-bandlarida soliq stavkasi tamaki mahsulotidagi tamaki xom ashyosi massasiga nisbatan tamaki xom ashyosi massasi toʻgʻrisidagi axborotni isteʼmol qadogʻida (idishida) koʻrsatish sharti bilan qoʻllaniladi. Agar chilim uchun tamaki boʻyicha tamaki xom ashyosi massasi netto ogʻirligining 20 foizidan kamni tashkil etsa, u holda aksiz soligʻi netto (birlamchi qadoqni hisobga olgan holda) ogʻirligining 20 foizidan hisoblab chiqariladi. Isteʼmol qadogʻida (idishida) tamaki xom ashyosining ogʻirligi toʻgʻrisidagi axborot mavjud boʻlmagan taqdirda, soliq stavkasi netto (birlamchi qadoqni hisobga olgan holda) ogʻirligiga nisbatan qoʻllaniladi.
Ushbu modda birinchi qismining 7-bandida soliq stavkasi tovarning netto ogʻirligiga nisbatan qoʻllaniladi, bunda isteʼmol qadogʻining (plastik bankaning, karton qutisining va shu kabilarning) ogʻirligi hisobga olinmaydi. Isteʼmol qadogʻida (idishida) tovarning ogʻirligi toʻgʻrisida maʼlumot mavjud boʻlmagan taqdirda, soliq stavkasi isteʼmol qadogʻini (idishini) hisobga olgan holda netto ogʻirligiga nisbatan qoʻllaniladi.
