Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi · Sana: 30.12.2019 · Amalda
Narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimning soliq toʻlovchi tomonidan bajarilishini tekshirish ushbu Kodeksning 24-bobida nazarda tutilgan tartibga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Agar soliq toʻlovchi oʻzi tuzgan narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimning barcha shartlariga rioya qilgan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi mazkur bitimda narxlari (narxlarni aniqlash usullari) kelishilgan nazorat qilinadigan bitimlarga nisbatan soliqlarning, penyalarning yoki jarimalarning qoʻshimcha hisoblanishini yoxud zarar summalarini kamaytirishni nazarda tutadigan qarorni qabul qilishga haqli emas.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-4674902
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 200-modda. Narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimning bajarilishini tekshirish Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi. neolex.uz/uz/laws/tax/200 (lex.uz/docs/-4674902)