Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi · Sana: 30.12.2019 · Amalda
Soliq tekshiruvi natijalari boʻyicha qaror u kuchga kirgan kundan eʼtiboran ijro etilishi lozim.
Tegishli qarorni ijroga qaratish ushbu qarorni qabul qilgan soliq organining zimmasiga yuklatiladi.
Shikoyat yuqori turuvchi soliq organi tomonidan koʻrib chiqilgan taqdirda, ushbu yuqori turuvchi soliq organining kuchga kirgan qarori yuqori turuvchi soliq organining qarori kuchga kirgan kundan eʼtiboran uch kun ichida dastlabki qaror qabul qilgan soliq organiga yuboriladi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-4674902
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 164-modda. Soliq organlarining qarorlarini ijro etish Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi. neolex.uz/uz/laws/tax/164 (lex.uz/docs/-4674902)