12-modda. Standartlar qoʻllanilishini ragʻbatlantirish
Standartlashtirish toʻgʻrisida (1002-XII-son) · Sana: 28.12.1993 · Amalda
Davlat standartlarga, shu jumladan istiqbolga moʻljallangan, anʼanaviy texnologiyalarning imkoniyatlaridan ildamlashgan dastlabki talablarni oʻz ichiga olgan standartlarga muvofiqlik belgisi bilan tamgʻalangan mahsulotni ishlab chiqaradigan xoʻjalik faoliyati subyektlari iqtisodiy qoʻllab-quvvatlanishi va ragʻbatlantirilishini kafolatlaydi.
Mahsulot ishlab chiqarishni amalga oshirayotgan va mahsulotlarni standartlarga muvofiqlik belgisi bilan tamgʻalash huquqini olgan xoʻjalik faoliyati subyektlarini iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish chora-tadbirlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 28-dekabr,
1002-XII-son
