Vazirlar Mahkamasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq toʻlashning tarif setkasini joriy etish toʻgʻrisida" 1996-yil 12-apreldagi 147-son qaroriga qisman oʻzgartirishlar kiritish haqida (221-son)
08.06.2000
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq toʻlashning tarif setkasini joriy etish toʻgʻrisida” 1996-yil 12-apreldagi 147-son qaroriga 25, 25-a, 25-b-ilovalardagi “katta inspektor” va “inspektor” soʻzlari “I toifali ish yurituvchi kotiba” va “II toifali ish yurituvchi kotiba” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tuman va shahar hokimliklari, oʻz tuzilmalarida yuqorida koʻrsatib oʻtilgan lavozimlar boʻlgan davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa organlari oʻzlarining shtat jadvallarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi, vazirliklar va idoralar, davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa organlari lavozimlarning umumtarmoq va tarmoq malaka maʼlumotnomalarini ishlab chiqishda mazkur qaror bilan kiritilgan oʻzgartirishlarni hisobga olsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari B.S. Hamidov va vazirliklar, idoralar, hokimliklar hamda davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa organlari rahbarlari zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 8-iyun,
221-son
