“14-modda. Xoʻjalik jamiyati va shirkatining mulki
“Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (851-XII-son) · Sana: 07.05.1993 · Amalda
1. Yuridik shaxs hisoblangan xoʻjalik jamiyati va shirkatining mulki qatnashchilarning qoʻshgan hissasi hisobidan, xoʻjalik faoliyati natijasida olingan hamda qonunda man etilmagan boshqa asoslarda ular tomonidan qoʻlga kiritilgan mol-mulkdan hosil boʻladi.
2. Xoʻjalik jamiyati va shirkati qatnashchisi qoʻshgan hissa tarkibiga asosiy va axborot fondlar, pul mablagʻlari va qimmatli qogʻozlar, oʻzga mol-mulk hamda mulkiy huquqlar kirishi mumkin.
3. Yuridik va jismoniy shaxslar, davlat boshqaruvi idoralari, basharti, Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida boshqa qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, xoʻjalik jamiyatining va shirkatining qatnashchilari boʻlishi mumkin.
4. Aksiyali jamiyat aksiyalar sotish hisobiga hosil boʻlgan, shuningdek oʻz xoʻjalik faoliyati natijasida olingan va qonunda man etilmagan boshqa asoslarga binoan qoʻlga kiritilgan mol-mulkning egasidir.
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, davlat boshqaruvi idoralari, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, ajnabiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, basharti, Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida boshqa qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, aksiya egalari boʻlishlari mumkin.
Davlat korxonasi vakolat berilgan davlat idorasining qaroriga asosan korxonaning butun mol-mulki qiymati miqdorida aksiya chiqarib, aksiyali jamiyatga aylantirilishi mumkin. Aksiyalarni sotishdan olingan mablagʻ davlat korxonasining qoplanganidan keyin tegishli budjetga tushadi.
17. 15 va 16-modda chiqarib tashlansin; 17, 18, 19, 20, 21, 22 va 23-moddalar tegishincha 15, 16, 17, 18, 19, 20 va 21-modda deb hisoblansin.
18. 16-modda:
birinchi bandining:
birinchi qismidan “aksiyalar, boshqa” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
uchinchi qismidan “agar ularni toʻlash ustavlarda koʻzda tutilgan boʻlsa;”, “ustavga muvofiq” va “leksiyalar, koʻrgazmalar, sport va boshqa tadbirlardan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
beshinchi qismida “davlat va jamoat xavfsizligi nuqtai nazaridan” degan soʻzlar “milliy xavfsizlik manfaatlarini koʻzlab” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oltinchi qismida “chet eldan” degan soʻzlar “oʻzga davlatlardan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
